Xorijiy valyutalaridagi (GBP, CHF va USD) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot xabari.

Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalaridagi mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2025-yil 26-may kuni- Angliya funt sterlingi (GBP) va AQSh dollari (USD) valyutalaridagi mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (GBP/UZS va USD/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 29-may kuni Shveysariya franki (CHF)dagi mablag’larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (CHF/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarida amalga oshirayotganingizdaushbu xabarni e’tibor qaratishingizni soʻraymiz.