"KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bankdir. Bankning asosiy aksioneri bank ustav kapitalidagi ulushi 86,32% bo'lgan, hamda yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eng yuqori kredit reytingi berilgan (Standard and Poor's - AA / Moody's - Aa2 / Fitch - AA-) Koreya Respublikasining "KDB Bank" (Koreya Taraqqiyot Banki) dir.

KDB biznesni rivojlantiriish va mintaqaviy iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun korporativ va investitsion bank xizmatlarini doimiy kengaytirib boradi. KDB yirik moliya tizimi sifatida dunyoning 21 mamlakatida 9 ta filiali, 5 ta sho'ba tashkilotlari va 8 ta vakolatxonalari orqali faoliyat yuritadi.

Koreya Taraqqiyot Banki 1954 yilda Koreyaning sanoat tarmoqlari va milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam berish uchun yirik sanoat kapitalini yetkazib berish va boshqarish maqsadida tashkil etilgan. Hukumatning to'la egaligi ostidagi yetakchi bank bo'lgan KDB Koreyaning moliyaviy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishida muhim rol o'ynaydi.

"KDB Bank O'zbekiston" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") KDB (Koreya)ning mijozlarga bank xizmatlarini taklif etuvchi O'zbekistondagi bo'linmasi hisoblanadi. Mijozlarning asosiy qismini ishlab chiqarish sohasidagi xorijiy korxona filiallari va qo'shma korxonalar, savdo va xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan qo'shma korxonalar, shuningdek xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalaridir.

"KDB Bank O'zbekiston" AJ TÜV Xalqaro Sertifikatlash Markazi tomonidan o'tkazilgan mustaqil auditorlik tekshiruv natijalari asosida bank xizmatlari sohasidagi ISO 9001: 2015 talablariga muvofiqligi to'g'risida ISO sertifikatiga ega bo'ldi.

2018

"KDB Bank O'zbekiston" AJ "Xorijiy investorlarni qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank" nominatsiyasida g'olib bo'ldi

2016

"KDB Bank O'zbekiston" AJ O'zbekiston tijorat banklari orasida "Eng innovatsion bank" mukofotining g'olibi sifatida tanlandi

2014

KDB guruhining ikkita sho'ba korxonasi - "RBS NB O'zbekistan" va "UzKDB Bank" yangi "KDB Bank O'zbekiston" YoAJga birlashdi.

2013

"RBS NB O'zbekiston" KDB Bankning ikkinchi filiali bo'ldi

2011

KDB RBS guruhining "RBS NB O'zbekiston" dagi aksiyalar paketini sotib olishga qaror qildi

2010

Daewoo guruhi KDB Bank, Koreya tomonidan sotib olinishi munosabati bilan bank nomi “UzKDB Bank” YoAJ ga o'zgartirildi

2006

"UzDaewoo Bank" O'zbek-Koreya qo'shma banki Daewoo Securities kompaniyasining xalqaro miqyosda kengaytirish doirasida tashkil etilgan

1997