Depozitlar va omonatlar to`g`risida Ma`lumot

Bugungi kunda “KDB Bank Uzbekistan” AJ fuqarolarning mablag‘larini foizlarni hisoblash va to‘lash sharti bilan omonatga qabul qilmaydi.

Mijozlar omonati O`zbekiston Respublikasi Prezidentning 2008 yil 20 fevraldagi PF-3968 sonli "Tijorat banklaridagi aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish va kafolatlarini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi va 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4057-sonli "Fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi farmonlariga muvofiq kafolatlangan.

Jismoniy shaxslar bankka quyidagi shartlarda foizsiz talab qilib olinguncha depozitlarni joylashtirishlari mumkin:

  • Pul birligi: So`m, AQSh dollari, Yevro, Angliya Funt Sterlingi;

    • So‘m

    • AQSh dollari

    • Yevro

    • Angliya Funt Sterlingi,

  • Davomiyligi: Cheksiz;

  • Omonat miqdori: Cheksiz;

  • Omonatni to'ldirish: Cheklanmagan (istalgan vaqtda to`ldirish yoki qaytarib olish mumkin).

  • Omonatlar bo'yicha foizlar: Nol

Mijoz o'z mobil telefoniga (mobil telefon operatori qamrab oladigan mahalliy hududda) talab qilib olingungacha omonat hisobvarag'ida amalga oshirilgan amaliyotlar va mijoz so'roviga binoan hisobvaraq qoldig'i to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, bankdan turli xil qisqa ma'lumotli xabarlarni oladi.