Valyuta Ayirboshlash
KDB Bank O‘zbekiston O‘zbek So‘m (UZS), AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Rossiya rubli (RUB), Britaniya funti (GBP), Yaponiya iyenasi (JPY), Xitoy yuani (CNY) va boshqa ekzotik valyutalarda valyuta ayirboshlash amaliyotlarini taklif etadi.
TOD
Amaliyot tuzilgan kuni amalga oshiriladigan operatsiya
TOM
Amaliyot tuzilgan kundan keyingi ish kunida amalga oshiriladigan operatsiya.
SPOT
Amaliyot tuzilgan kundan keyingi ikkinchi ish kunida amalga oshiriladigan operatsiya.
SWAP
Svop operatsiyalari USD/UZS va EUR/UZS asosiy xorijiy valyuta juftliklarida amalga oshiriladi. Oldindan kelishilgan valyuta ayirboshlash kursi bo‘yicha oldindan belgilangan kunda amalga oshiriladigan ikki qarama-qarshi valyuta ayirboshlash operatsiyasidan iborat.
FORWARDS
Valyuta forvardi (FX forward) — bu ikki tomon o‘rtasida ma’lum miqdordagi bir valyutani boshqa valyutaga oldindan belgilangan kurs bo‘yicha kelajakdagi aniq sanada ayirboshlash to‘g‘risidagi individual, birjadan tashqari (OTC) kelishuvdir. Bank USD/UZS hamda asosiy xorijiy valyuta juftliklari bo‘yicha yetkazib beriladigan va yetkazib berilmaydigan valyuta forvardlarini (NDF) amalga oshiradi. EUR/UZS, GBP/UZS va UZS ishtirok etgan boshqa valyuta juftliklari bo‘yicha valyuta forvardlari mavjudligiga qarab amalga oshiriladi.
Barcha savollar bo‘yicha, iltimos, G‘aznachilik boshqarmasiga quyidagi elektron pochta orqali murojaat qiling: Akmal.alxamov@kdb.uz; treasury@kdb.uz