2026 MY uchun Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

2026MY uchunAksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

 

  1. Kuzatuv kengashi a’zosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
  2. Kuzatuv kengashi a’zosini saylash;
  3. Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
  4. Bank Boshqaruvi raisini tasdiqlash;
  5. Kundalik xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bank operatsiyalarini tasdiqlash;
  6. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

 

2026-yil 30-yanvar holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan  aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. 

2026-yil 23-fevral holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.      

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ binosida tanishishlari mumkin.

Elektron pochta manzili: info@kdb.uz