Bank Tariflariga 2020 yil 1 apreldan kiritilayotgan o'zgartirishlar

Ushbu bilan COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish hamda ushbu murakkab vaziyatda Bankka mijozlar tashrifi miqdorini kamaytirish maqsadida, Bank Boshqaruvi qaroriga asosan Bank Tariflariga o‘zgartirishlar tasdiqlanganini ma’lum qilamiz (o‘zgartirishlar Bank Tariflarining 5.1.3, 5.1.4, 5.1.5 va 6.1.4. moddalariga kiritildi). Ushbu o‘zgartirishlarga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 mayga qadar «Internet-banking» va «OfficeNet» tizimlaridan foydalanish bepul taqdim etiladi. 

 

Yangilangan tariflar bo‘yicha ma’lumotlarni Bankning veb-sayti (www.kdb.uz) orqali yoki  Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilgan holda olishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz bo‘lsa, Sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

 

Hurmat bilan,

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ