Navro'z bayrami tabrigi!

 

Hurmatli mijozlar va hamkorlar,

Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin! "KDB Bank O'zbekiston" AJ  Sizlarni ushbu yangilanish va yasharish bahor bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi. Siz va oilangizga baxt, sog'-omonlik, ishlaringizga rivoj va cheksiz xursandchilik tilab qoladi!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko`ra Navro'z bayrami munosabati bilan 18 -22 mart dam olish kunlari deb e’lon qilinganligini eslatib o'tamiz.