Xorijiy valyutalardagi (EUR, GBP, CNY/CNH, JPY, CHF, RUB, KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot.

Hurmatli Mijozlar,
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xorijiy valyutalardagi (EUR, GBP, CNY/CNH, JPY, CHF, RUB, KRW) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2025-yil 29-aprel - Yaponiya iyenasi (JPY) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (JPY/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 30-aprel - Xitoy yuani (CNY/CNH) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (CNY(CNH)/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 01-may - Yevro (EUR), Xitoy yuani (CNY/CNH), Janubiy Koreya voni (KRW) va Shveytsariya franki (CHF) valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS, CNY(CNH)/UZS, CHF/UZS va KRW/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 02-may - Xitoy yuani (CNY/CNH) dagi mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (CNY(CNH)/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 05-may - Angliya funt sterlingi (GBP), Janubiy Koreya voni (KRW) va Yaponiya iyenasi (JPY) valyutalaridagi mablag‘larini o‘tkazish va CNY/CNH, GBP, KRW, va JPY valyutalaridagi mablagʻlarini konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (GBP/UZS, JPY/UZS, KRW/UZS va CNY(CNH)/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 06-may - Janubiy Koreya voni (KRW) va Yaponiya iyenasi (JPY) valyutalaridagi mablag‘larini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (JPY/UZS va KRW/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);
• 2025-yil 01-maydan 02-maygacha va 2025-yil 08-maydan 09-maygacha – Rossiya rublidagi (RUB) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalari qabul qilinmaydi (RUB/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarida amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.