Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot
09.06.2025

Hurmatli mijozlar,
Rossiya Federatsiyasida bayram kunlari munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2025-yil 12-iyun va 2025-yil 13-iyun - Rossiya rublidagi (RUB) mablag’larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (RUB/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.