Bayram arafasidagi qisqartirilgan ish kuni va Hayit bayrami munosabati bilan dam olish kunlari to‘g‘risida ma’lumot xabari

Hurmatli mijozlar!
Mazkur xabar orqali «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 2026 yil 26 may kuni (bayram arafasidagi qisqartirilgan operatsion ish kuni), shuningdek 2026 yil 27 maydan 29 maygacha bo‘lgan Hayit bayrami munosabati bilan dam olish kunlari haqida ma’lum qiladi.
2026 yil 26 may kuni:
∙ Kassa xizmati va ayirboshlash shoxobchasi – soat 16:00 gacha
∙ Xorijiy valyutadagi to‘lovlar (shu jumladan iDBA tizimi orqali yuborilganlar) – soat 15:30 gacha
∙ Ish haqi hisob-kitob qaydnomalarini qabul qilish – soat 16:30 gacha
∙ Xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish – soat 15:30 gacha
∙ Milliy valyutadagi to‘lovlar – kechayu kunduz amalga oshiriladi
2026 yil 27, 28 va 29 may kunlari – Hayit bayrami munosabati bilan dam olish kunlari.
2026 yil 1 iyundan boshlab Bank odatdagi ish tartibida faoliyat yuritadi.
To‘lovlar va Bankka tashriflaringizni rejalashtirishda mazkur ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan,
«KDB Bank Uzbekiston» AJ