Yaponiya iyenasidagi (JPY) to'lov topshiriqnomalari ijrosi haqida ma'lumot.
17.09.2026

Hurmatli Mijozlar,
Yaponiyada rasmiy bayram kunlari munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Yaponiya iyenasi (JPY)da mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2026 yil 21, 22 va 23 sentabr kunlari Yaponiya iyenasidagi (JPY) mablag‘larini o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi.
Yaponiya iyenasida (JPY) hisob-kitoblarni rejalashtirayotganingizda ushbu xabarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz.
Hurmat bilan,
«KDB Bank O‘zbekiston » AJ