Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi toʻlov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma'lumot xabari (yangilangan tahrir)

Hurmatli Mijozlar,
Avval e’lon qilingan axborot xabari Xitoy Xalq Respublikasi (hamda Gong Kong) dagi bayram kunlari taqvimidagi o‘zgarishlar hamda Xitoy yuani (CNY/CNH) bo‘yicha operatsiyalar uchun qo‘shimcha dam olish kuni — 2026-yil 07-aprel qo‘shilganligi munosabati bilan yangilangan tahrirda taqdim etilayotganini ma’lum qilamiz.
Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni qabul qilish bo'yicha vaqtinchalik cheklovlar haqida ma'lum qiladi:
• 2026-yil 03-aprel va 2026-yil 06-aprel kunlari EUR, GBP CHF va CNY (CNH) valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS, GBP/UZS, CHF/UZS va CNY(CNH)/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin);
• 2026-yil 07-aprel kuni CNY(CNH) valyutasi ishtirokidagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (CNY(CNH)/UZS valyuta juftligida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.