Bank Tariflariga 2021 yil 3 fevraldan o‘zgartirishlar kiritilishi haqida

Hurmatli Mijoz,

Ushbu bilan Bank Boshqaruvi qaroriga asosan Bank Tariflariga o’zgartirishlar tasdiqlanib, 2021 yil 3 fevral kunidan amal qilishini ma’lum qilamiz (o‘zgartirishlar Bank Tariflarining 12.6.6 va 12.7.2 moddasiga kiritildi, hamda «Milliy valyutadagi "So'm" plastik kartalari» qismiga yangi 12.3.11, 12.8.1 va 12.8.2 moddalar qo‘shildi).

Bankning Mijozlarga Xizmat Ko’rsatish Boshqarmasiga murojaat qilgan holda Bank Tariflariga kiritilgan o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz bo’lsa, Sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Hurmat bilan,

«KDB Bank O’zbekiston» AJ