"KDB Bank O'zbekiston" AJ xalqaro ISO 9001:2015 standartiga oid sertifikatsiya talablariga muvofiqligi bo’yicha kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

"KDB Bank O'zbekiston" AJ 2025 yil iyun oyida xalqaro ISO 9001:2015 standartiga oid sertifikatsiya talablariga muvofiqligi bo’yicha kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli o'tdi. Audit "TÜV Thüringen" sertifikatlashtirish organi tomonidan amalga oshirildi, bu esa bankning yuqori sifat standartlariga sodiqligi va o'z jarayonlari va xizmatlarini doimiy ravishda takomillashtirishini tasdiqlaydi.