KDB BANK O’ZBEKISTON OGOHLANTIRADI

Hurmatli mijozlar!

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 3-fevral kuni kiberhujumlar sodir etilgani hamda ayrim fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalganligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda

Mazkur holat munosabati bilan mijozlardan quyidagilarga qat’iy amal qilish so’raladi:

  • Noma’lum va shubhali manbalarda tarqatilayotgan havolalarga kirmaslik;
  • Bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar, parollar va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslik;
  • Faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan axborotlarga ishonish;
  • Shubhali holatlarga duch kelganda darhol Bankning aloqa markaziga yoki tegishli vakolatli organlarga murojaat qilish.

KDB Bank O’zbekiston mijozlar mablag’lari va ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashni ustuvor vazifa deb biladi hamda vaziyatni doimiy monitoring qilib bormoqda.