KDB Bank Rahbariyati 124-ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarini tabrikladi

2021 yil 23 dekabr kuni "KDB Bank Uzbekistan" OAJ Boshqaruv Raisi boshchiligidagi bank rahbariyati Toshkent viloyatining O'rta Chirchiq tumanidagi 124-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi. Tadbir davomida bolalarga shaxsan Bank rahbariyati tomonidan shirinliklar va sovg'alar paketlari topshirildi. Ushbu tadbir bolalarning qalbiga quvonch bag'ishladi.