Aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish

Hurmatli Mijozlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakat bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha davom etadi, ma’lumotlar 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra yig‘iladi. Jarayon ikki bosqichda tashkil etilgan:
• 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha — fuqarolar o‘zlari va oila a’zolari uchun census.stat.uz rasmiy portali orqali OneID identifikatsiya tizimidan foydalanib, mustaqil ravishda onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega;
• 2026-yil 4-fevraldan 28-fevralgacha — vakolatli vakillar elektron planshetlar yordamida uyma-uy yurib ro‘yxatga olishni amalga oshiradi.
Aholi ro‘yxatga olishida ishtirok etish — davlatga aholining tarkibi, joylashuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari haqida ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi muhim fuqarolik hissasi hisoblanadi. Ro‘yxatga olish natijalari ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, infratuzilmani rivojlantirish va milliy taraqqiyotning boshqa muhim yo‘nalishlarida samarali davlat dasturlarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
“KDB Bank O‘zbekiston” AJ ushbu umumxalq tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi va barcha mijozlarimizni belgilangan muddatlarda ro‘yxatga olishda faol ishtirok etishga taklif etadi.
Birinchi bosqichda (30 va 31 yanvarkunlari) qulay onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidan foydalanishni tavsiya etamiz — bu jarayonni sezilarli darajada soddalashtiradi va vaqtni tejaydi.
Ro‘yxatga olish tartibi, ko’p beriladigan savollarga javoblar va ro‘yxatdan o‘tish portaliga kirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar rasmiy veb-saytda mavjud: census.stat.uz
Mas’uliyatli faol fuqarolik pozitsiyangiz va hamkorligingiz uchun tashakkur.
Hurmat bilan,
“KDB Bank O‘zbekiston” AJ