Bank “Toshkent” Respublika fond birjasining a’zosi bo‘ldi
21.04.2026

“KDB Bank O‘zbekistan” AJ mamnuniyat bilan shuni ma’lum qiladiki, Bank “Toshkent” Respublika fond birjasiga a’zo bo‘ldi.
Mazkur voqea Bankning strategik rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, uning mamlakat ichki kapital bozoridagi ishtirokini yanada mustahkamlaydi.
Kelgusida Bank amaldagi tartibga soluvchi talablar va bozor sharoitlarini inobatga olgan holda kapital bozoridagi faoliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirishni, jumladan savdo operatsiyalarida faol ishtirok etishni hamda korporativ qimmatli qog‘ozlar yo‘nalishidagi imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Bank O‘zbekiston moliyaviy infratuzilmasi va kapital bozorlarini rivojlantirishga o’z hissasini qo‘shish maqsadida tashabbuslarni izchil davom ettiradi.