"KDB Bank O'zbekiston" AJ ning navbatdagi setifikati

Bank sohasida islohotlarni jadallashtirish bo’yicha 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar "Yo’l haritasi"ga va Markaziy bankning tavsiyasiga binoan, shuningdek mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yanada takomillashtirish maqsadida AJ "KDB Bank O'zbekiston" Mijozlarning bank hizmatlaridan mamnunlik indeksi (CSI), hamda Mijozlarning bankka nisbatan hayrihohlik (NPS) indekslarini aniqlash bo’yicha "Ahbor-Reyting" MChJ reyting agentligi tomonidan marketing tadqiqotlari amalga oshirildi.

"Ahbor-Reyting" MChJ reyting agentligi tadqiqotlariga ko’ra, quyidagicha baholandi va qA1 (YUQORI-ZAMONAVIY) darajali sertifikat bilan taqdirlandi:

  • NPS – 93% (Promouter)
  • СSI – 95% (Mijozlarning yuqori darajadagi mamnunligi)