«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kuzatuv kengashi 2026-yil 27-fevral kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavatdagi majlislar zalida Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

2026MY uchunAksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi
KUN TARTIBI:
- Kuzatuv kengashi a’zosining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- Kuzatuv kengashi a’zosini saylash;
- Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
- Bank Boshqaruvi raisini tasdiqlash;
- Kundalik xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bank operatsiyalarini tasdiqlash;
- Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
2026-yil 30-yanvar holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.
2026-yil 23-fevral holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ binosida tanishishlari mumkin.
Elektron pochta manzili: info@kdb.uz