
To'lov Tizimi:
HUMO
Pul Birligi:
UZS
Kartaning Turi:
HUMO Business
«HumoCard» – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib,O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.
To‘lov tizimining Operatori «Milliy banklararo protsessing markazi» («Milliy banklararo protsessing markazi») MChJ bo‘lib, u O‘zbekistonda xorijiy valyutada amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar kliringini, shuningdek, «HumoCard» to‘lov tizimi doirasida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha protsessing funksiyalarini bajaradi. «HumoCard» to‘lov tizimida milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob Kliring markazi amalga oshiradi.
Humo to‘lov tizimining Operatori xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard, Union Pay International) bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Natijada Humo bank kartalari bilan xorijda chet el valyutasida operatsiyalarni o‘tkazish va yuqorida keltirilgan tizimlarning xorijiy banklarning kartalari orqali O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Banklarning «HumoCard» to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi ixtiyoriydir.
iltimos, o'tkazmalar uchun quyidagi tranzit qayd yozuvlarini ko'ring.
23120000600000842001- UzCard MFO: 00842 Soliq raqami: 202167236
23120000900000842200 - HUMO MFO: 00842 Soliq raqami: 202167236
Shuningdek, pul o'tkazmalari haqida batafsil ma'lumot kartaning to'liq sonini va qabul qiluvchining Ismi va Familiyasini ko'rsatishi kerak.
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
1 | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun korporativ plastik kartalarni emissiya qilish | 0.15 EKIH |
2 | Qo‘shimcha korporativ plastik kartalarni emissiya qilish | 0.15 EKIH |
3 | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning yo‘qotilgan yoki shikastlangan korporativ plastik kartalar o‘rniga yangisini emissiya qilish | 0.15 EKIH |
4 | Amal qilish muddati tugagan korporativ plastik kartalar o‘rniga yangisini emissiya qilish | 0.15 EKIH |
5 | Korporativ plastik kartani blokirovka holatidan chiqarish | Bepul |
6 | Korporativ plastik kartani «stop-list»ga (blokirovka) qo‘yish | Bepul |
7 | Korporativ plastik kartani hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
8 | Korporativ plastik kartalariga naqd pul qo‘yish yo‘li orqali hisobvarag‘iga kirim qilish | Mumkin emas |
9 | Korporativ plastik kartaga pul mablag‘larini kirim qilish | Bepul |
10 | Korporativ plastik kartalardan to‘lov terminallari, infokiosk va bankomatlar orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar | Bepul |
11 | Korporativ plastik kartalardagi pul mablag‘larini naqd pul shaklida berish | Mumkin emas |
12 | Korporativ plastik kartalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lariga hisoblanadigan foiz | 0 % |
13 | Korporativ plastik kartadagi mablag‘larni boshqa korporativ plastik kartalarga o‘tkazish yoki kirim qilish | Mumkin emas |